English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryodagi “Obod va xavfsiz mahalla” aniqlandi
16:31 / 2021-01-26

“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan Guliston shahrida “Obod va xavfsiz mahalla” uch bosqichli ko‘rik-tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlov Prezidentimizning 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashabbusi va bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.  

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash Sirdaryo viloyati boshqarmasi va uning quyi tuzilmalari bir qator hamkor tashkilotlar ishtirokida mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi hamda osoyishtaligini, aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, ajralishlar, oilaviy nizolarni bartaraf etishda muhim vazifalarni bajarib kelmoqda.

[gallery-916]

Jamiyatning betakror ijtimoiy tuzilmasi hisoblanadigan mahalla institutini aholining chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish, uning roli va ahamiyatini oshirish bugunning eng dolzarb masalalalaridan biri desak, mubolag‘a bo‘lmas.

Ko‘rik-tanlovda oilalarda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlashda o‘zining faol ishtiroki bilan namuna ko‘rsatgan mahalla fuqarolar yig‘inlari ko‘rik-tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning qaroriga asosan viloyatdagi mavjud 220 dan ortiq mahalla orasidan 24 tasi g‘olib deb topildi.

Turli nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 24 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga “Obod va xavfsiz mahalla” ko‘rik-tanlovining final bosqichiga yo‘llanmalar berildi.  

Ko‘rik-tanlovning g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

A.Qayumov, F.Toshmatov (surat), O‘zA