Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda “Yoshlar va saylov” forumi
15:15 / 2024-10-23

27 oktyabr kuni mamlakatimizda muhim siyosiy voqea – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘ladi.

Yoshlarimizning mamlakat kelajagi uchun muhim bo‘lgan siyosiy jarayonlarda faol ishtiroki katta ahamiyatga ega.Shu maqsadda Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida bo‘lgani kabi Guliston shahrida ham “Yoshlar va saylov” forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan interaktiv uchrashuvlar, qiziqarli viktorinalar o‘tkazilib, yoshlarning saylov jarayonlaridagi ishtiroki keng muhokama qilindi.

Qolaversa, yigit-qizlar uchun foydali bo‘lgan "Yosh saylovchi" viktorinasi, "Zakovat" intellektual o‘yiniga o‘xshash "Ibrat farzandlari", "Mutolaa", "Qizlar akademiyasi", "Bilasizmi?" loyihalari doirasidagi o‘yinlar hamda "Besh tashabbus" musobaqalari o‘tkazildi.

–“Yoshlar va saylov” forumi o‘zim tengi yigit-qizlar, saylov jarayonlarida ilk bor qatnashayotganlar uchun nihoyatda foydali bo‘ldi, – deydi Guliston davlat pedagogika instituti 3 - bosqich talabasi Shohjahon Hamdamov.–Saylov jarayonlariga bag‘ishlangan har xil nomdagi viktorina va intellektual o‘yinlar nafaqat yoshlarni, katta yoshli kishilarning ham huquqiy bilimlarini oshirishga yordam beradi. Tinch, ozod yurtda yashab, nega endi o‘z ustimizda ishlab, o‘qimasligimiz, yurtimizda o‘tkazilayotgan muhim va siyosiy tadbir, saylov jarayonlarida ishtirok etmasligimiz kerak. Chunki, yurtda ta’lim olish, saylov jarayonlarida faol ishtirok etish uchun barcha shart-sharoit bor.  

Xullas, Gulistonda o‘tkazilgan “Yoshlar va saylov” forumida ikki mingdan ortiq faol yosh ishtirok etdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri