Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda yer va kadastr sohasida ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib chiqildi
08:44 / 2022-06-15

Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 822 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 2-qismi bilan 14 ta, 60-moddasi 3-qismi bilan 8 ta, 60¹-modda bilan 1 ta, 68-modda 1-qismi bilan 492 ta, 68-modda 2-qismi bilan 1 ta, 68¹-modda bilan 306 ta ish o‘z yechimini topdi.

Ko‘rib chiqilgan ma’muriy ishlar bo‘yicha 1 milliard 654 million 900 ming so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Qo‘llanilgan jarimalarning 563 million so‘mi undirgan bo‘lsa, undirilmay qolgan jarimalar bo‘yicha ma’lumotlar Majburiy ijro byurosiga yuborildi.

Shuningdek, 371 ta holatda 60-modda 2 qismi bilan qo‘llanilgan ma’muriy huquqbuzarlik huquqbuzarlar tomonidan bartaraf etilganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi bilan tugatilib, egallab olingan yer maydonlari tuman zaxirasiga qaytarildi.

O‘zA