Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda "Yashil makon"ning ikkinchi mavsumi boshlandi
16:55 / 2022-10-25

Yurtimiz bo‘ylab olib borilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Sirdaryo viloyatida o‘tgan yili 14 million 96 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.

Joriy yilda ushbu loyihaning kuzgi mavsumida boshlangan "Dolzarb 40 kunlik" tadbirida viloyatda 5 million 286 ming dona ko‘chat ekilishi rejalashtirilgan. Ayni kunlarda “Yashil makon ” umummilliy loyihasining ikkinchi mavsumi yurtimizning barcha hudularida keng quloch yozmoqda.

Tadbirlarni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Buning uchun hududning iqlim sharoitiga mos bo‘lgan daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, ko‘chatlar ekiladigan yer maydonlari mutaxassislar ishtirokida o‘rganib chiqilib, ko‘chatxonalarning zaxirasi bilan tanishib borilmoqda.

“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasida Guliston davlat universitetining olim va mutaxassislari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyat iqlimiga mos, kam suv talab qiladigan daraxt ko‘chatlari ekish va parvarish qilish ishlarini tashkil etish yuzasidan fikrlashildi.

[gallery-9272]

Seminardan so‘ng olim va mutaxassislardan tuzilgan ekspertlar guruhi Shirin shahridagi o‘rmon xo‘jaligi va Boyovut tumani hududidagi "Sirdaryoko‘kalam" unitar korxonasining ko‘chatxonalarida bo‘lib, hududlarning iqlim sharoitini hisobga olgan holda ko‘chat ekiladigan joylardan tuproq na’munalarini oldi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan ko‘chatlarning unib chiqishi uchun qo‘llaniladigan agrotexnik qoidalar yuzasidan ham tavsiyalar berildi.

Ko‘chat ekishdan oldin ariqlar olinib suv qo‘yilib tuproq tarkibidagi tuzlar yuvilgandan so‘ng ko‘chatlarni o‘tqazish kerak. Qanday kenglik va chuqurlikda kovlash, ko‘chatlarning unib chiqishi yuzasidan ham ma’lumotlar berildi.

Shirin shahrida joylashgan Viloyat O‘rmon xo‘jaligiga qarashli ko‘chatxona viloyatda yirik ko‘chat yetishtirish markazlaridan biri xisoblanadi. bugungi kunda bu yerda 2 million donadan ortiq ko‘chatlar yetishtirilmoqda. Kuzgi ko‘chat ekish mavsumiga 15 ming dona ko‘chat yetkazib berish maqsad qilingan. Olimlar mazkur ko‘chatxonadan, ko‘chat ekiladigan joylardan tuproq namunalarini olib, laboratoriya tahlilidan o‘tkazdi. Jarayon davomida ishchi guruhi azolari tuproq tarkibi va tuzilishi haqida ma’lumotlar berdi.

Daraxtzor va gulzorlar ko‘paysa hududlar ko‘rkamligi oshadi. Yashil makon umummilliy loyihasi ham o‘zida ana shunday jihatlarni qamrab olgan.

Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev (surat), O‘zA