French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda yangi tayinlovlar amalga oshirildi
16:33 / 2025-12-16

Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning tegishli qaroriga muvofiq, Anvarov Oybek To‘lqinjonovich Sirdaryo viloyati hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tasdiqlandi.

Oybek Anvarov ushbu lavozimni egallashidan avval “IT Park” — Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Sirdaryo viloyati filiali rahbari sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Shuningdek, tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhida bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelgan Abrorjon Allayorov  Sirdaryo viloyati hokimligi qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyatining mudiri lavozimini egalladi.

Bundan tashqari, Mirzaobod tumanida tug‘ilgan, ushbu tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati hokimligida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash guruhi rahbari sifatida ishlab kelgan  Elyor   Qo‘chqorov  “Sirdaryobozorsavdo” uyushmasi ta’sischilari umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan, mazkur uyushmaning Boshqaruv raisi lavozimiga saylandi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri