Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda “Yangi nafas” yugurish musobaqasi ko‘tarinki ruhda o‘tdi
12:33 / 2023-03-12

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan respublikamizning 14 ta markaziy shaharlari bo‘ylab “Yangi nafas” yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda sirdaryoliklar ham faol ishtirok etdi.

Musobaqa startida so‘z olgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev yig‘ilganlarni qutladi. 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ikki ming nafarga yaqin ishtirokchilar Guliston shahridagi Sirdaryo pedagogika institutidan Bilimdonlar maskanigacha bo‘lgan 3 kilometrli masofani bosib o‘tishdi.

[gallery-10947]

Yakuniy natijalarga ko‘ra ayollar o‘rtasida Ruxshona Rayimqulova faxrli birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Faxriddin Amutov erkaklar o‘rtasida yetakchi bo‘ldi. Imkoniyati cheklangan shaxslar orasida Mohinur Xolto‘rayeva hamda O‘tkir Salimov alohida e’tirof etildi.

Shu bilan birga ishtirokchilar nominatsiyasi bo‘yicha ham rag‘batlantirildi.  

G‘olib va sovrindorlarga diplom va sovg‘alar topshirildi.

Sh. Suyarov,Sh. Ortiqboyev (surat), O‘zA