Sirdaryoda xotira tadbiri
Sirdaryo tumanidagi 27-umumta’lim maktabida ta’lim olgan, xizmat vaqtida vafot etgan marhum bojxona xodimi Akmal A’zamovning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Xotira tabirida bojxona xodimlari, faxriy ustozlar, maktab jamoasi va o‘quvchilar, marhumning oila a’zolari va sinfdosh do‘stlari ishtirok etishdi.


Tadbirda so‘zga olganlar Akmal A’zamov ushbu maktabda o‘quvchi bo‘lib bilim olgan yoshlik davrlari hamda bojxona xizmatida ko‘rsatgan jasoratli xizmatlari haqida so‘zlab, Vatan oldidagi burchini ado etish chog‘ida yurtimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida halok bo‘lgan yigitni yod etishdi.


Uning xizmat faoliyati davomida bojxona xizmatiga qo‘shgan hissasi iliq xotiralar bilan eslanib, nomi barhayot ekanligi ta’kidlandi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri