Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda vazir o‘rinbosari aholi muammolarini o‘rganmoqda
09:20 / 2021-02-09

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev boshchiligidagi Ishchi guruh a’zolari Sirdaryo tumanidagi Hikmatli mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, u yerdagi aholi muammolarini o‘rgandi.

Aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini ijobiy hal etish, qishloq va mahallalarni obodonlashtirish, bu orqali mamlakatimizdagi kabi Sirdaryo viloyatining olis va chekka hududlarda yashovchi odamlarning yashash tarzini yanada yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishar ekan, mutasaddilar mahallalarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, odamlarni qiynayotgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratdi.

Jumladan, fuqarolar murojaatlari asosida bitta ichimlik suvi nasosi ta’mirlanib, natijada 18 ta xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

“Temir daftar”ga kiritilgan 54ta oiladan 12 tasiga, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 676 nafar ayoldan 12 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Hududdagi uchta qabriston obodonlashtirildi.

18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan vaqtincha ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida tumanda mavjud qishloq xo‘jaligi korxonalari yer maydonlaridan ikkilamchi ijara shartnomalari tuzilgan holda 29 nafar yoshga 0,5 gektardan yer maydoni ajratilib, ularga shu yerga egalik to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi.

Bundan tashqari, tashrif davomida qilingan murojaatlar asosida “Shodlik” ko‘chasidagi eskirgan 30ta simyog‘och yangi beton ustunlarga almashtirildi va 35ta simyog‘ochga tungi yoritgichlar o‘rnatildi. “Shodlik” ko‘chasining 1 ming 400, “Ezgulik” ko‘chasining 650 metr qismiga shag‘al yotqizilib, tekislandi. “Sukunat” ko‘chasidagi 700 metrli piyodalar yo‘lakchasiga esa tuproq to‘kilib, shag‘al yotqizish uchun tayyor holga keltirildi.

Shuningdek, 31ta xonadondagi tandir-o‘choq, hojatxonalar ta’mirlanib, 1 ming 600 metrdan ortiq ariqlar tozalandi va 1 ming 100 dona manzarali va mevali daraxtlarga shakl berilib, tanasi oqlandi.

Vazir o‘rinbosari B.Parpiyev muloqot davomida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

A.Qayumov, F.Toshmatov(surat), O‘zA