Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda tomorqalarga anor ko‘chatlari ekilmoqda
16:49 / 2021-11-25

Innovatsion rivojlanish vazirligining Sirdaryo viloyati Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan Sirdaryo tumani hududida 500 tupdan ziyod anor ko‘chati ekildi.

Ushbu jarayonda vazirlik tomonidan moliyalashtirilgan “Mahalliy eksportbop “Qoraqayin” navining ko‘chatlarini yetishtirish” loyihasi doirasida anor ko‘chatlari “BEK MASHXUR EXPORT” MCHJning tashabbuskorligi asosida yetkazib berildi. Ushbu anor ko‘chatlari Sirdaryo tumani Alisher Navoiy nomli mahalladagi “Temir daftar” va “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan oilalarning tomorqalariga ekib berildi.

Ma’lumki, Sirdaryo viloyati ekin maydonlarining 90 foizi turli darajada sho‘rlangan. Ayrim tumanlarda sho‘rlanish darajasi yildan-yilga ortib bormoqda. Yuqori darajada sho‘rlangan yoki sho‘rlanib borayotgan ekin maydonlarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi juda past yoki talabga javob bermaydi. Sarf-xarajatlar yetishtirilayotgan hosildorlikka nisbatan o‘zini qoplamay, iqtisodiy zararning ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli sho‘rga chidamli o‘simlik sifatida anor yetishtirish va anordan eksportbop hosil olish sababli iqtisodiy samaradorlikka erishilsa aholi uchun ham yaxshi bo‘ladi.

Shuningdek, 500 tup ko‘chat, shundan 250 tup pavloniya va 250 tup terak daraxti tumanga kirish hududida avtomobil yo‘li bo‘yiga, shuningdek, kelajakda “Innovatsiya bog‘i” sifatida tashkil etilishi rejalashtirilgan kichkina bog‘chaga yaxshi niyat bilan ekildi.

– Hademay ehtiyojmand oilalarga parranda va quyon ham tarqatamiz, – deydi Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshlig‘i Azimjon Xolov. – Subsidiya olgan tadbirkorlar ham mahallalardagi oilalar ham o‘z bizneslarini rivojlantiradi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan «Yashil makon» umummiliy loyihasi doirasidagi ishlar davom etmoqda.

 

Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat), O‘zA