Sirdaryoda tibbiyot va oziq-ovqat mahsulotlari uchun sifatli shisha qadoqlar ishlab chiqarilmoqda
FOTOREPORTAJ
2018 yildan e’tiboran to‘liq quvvat bilan faoliyatini boshlagan “Sirdaryo universal oyna” mas’uliyati cheklangan jamiyatida tibbiyot va oziq-ovqat mahsulotlari uchun shisha qadoqlar ishlab chiqarilmoqda.
Ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan korxonada ishlab chiqarish sig‘imi 120 tonna bo‘lgan pech o‘rnatilgan bo‘lib, bu kuniga 350 ming dona shisha mahsulotlari tayyorlash imkonini beradi.
[gallery-10682]
Sirdaryo viloyatidagi ushbu salohiyatli korxonada mahsulot turi va samaradorlikni yanada oshirish maqsadida yangi loyihalar ustida ish olib borilmoqda.
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA