Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda tibbiy ko‘rik tashkil etildi
18:42 / 2021-08-17

Aholi salomatligini asrash, namunali, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, sog‘ligida muammosi bor bo‘lgan fuqarolarga tashxis qo‘yish va davolash borasida Sirdaryoda ham muhim qadamlar tashlandi.

Davlatimiz rahbarining 2020 yilning 12 noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Sirdaryoda sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari bilan bog‘liq tajriba-sinov loyiha ishlari ham boshlab yuborildi.

Muhimi, aholini rozi qilish, tibbiyot tizimini ularga yaqinlashtirish bugungi kunning dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan masalalaridan biriga aylanmoqda. Bu borada esa amalga oshirilayotgan ishlar kutilgan natijani berayapti. Bunda Respublikamizdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari va ularning malakali mutaxassislari bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari muhim ahamiyatga ega.

Mazkur hamkorlik doirasida Respublika ortopediya markazi direktori Akbar Tilakov boshchiligida ushbu markazning “Chanoq son bo‘g‘imi patologiyasi bo‘limi mudiri Shuhrat Shoimqulov, Tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilish boshqarmasi boshlig‘i Eldor Boymirovlar viloyatda bo‘lib, holatni o‘rgandi.

Ular viloyatning Guliston tumanidagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Sug‘urta mexanizmi bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish asnosida, soha xodimlariga o‘z maslahat va tavsiyalarini berdi. Shu bilan birga aholi murojaatlari o‘rganilib, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

O‘tkazilgan tibbiy ko‘rik jarayonlarida 20 dan ortiq suyak son sohasida muammosi bor bemorlarni tekshirib, ularni davolash bo‘yicha soha mutaxassislariga zarur tavsiyalar berilgan bo‘lsa, 4 fuqaroning murojaati shu joyning o‘zida o‘rganildi va amaliy yordam berildi.

Hamkorlikda o‘tkazilayotgan bunday xayrli ishlar bois Sirdaryoda yechimtalab bo‘lgan, dolzarb muammolar o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda. Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yanada oshib, aholining soha xodimlariga bo‘lgan ishonchi kun sayin ortib bormoqda.

Shuhrat Suyarov, O‘zA