DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, Xovos tumanida yashovchi B.T. va uning bir nechta ''maslakdoshlari'' internet orqali Suriyadagi terrorchilik tashkilotlari a’zolarining ta’siriga tushib, ekstremistik mazmundagi, xususan jihodga chorlovchi materiallarni muntazam ravishda tarqatib kelgan. Shuningdek, guruh yetakchisi B.T.ning kelgusida Suriyaga borib, terrorchi guruhlar tarkibiga qo‘shilishni maqsad qilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar olindi.
Guruh a’zolarining yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuv jarayonida ularning uyali aloqa vositalarida ekstremistik mazmundagi materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. Mavjud materiallar asosida B.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida u xibsga olindi.
Hozirda B.T. va uning sheriklariga nisbatan tergov-surishtiruv tadbirlari olib borilmokda.
O‘zA