Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda tadbirkorlarning do‘konlari qaysi huquqiy asosga ko‘ra buzilmoqda?
15:11 / 2026-01-09

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Guliston shahri Taraqqiyot mahallasi Navoiy shoh ko‘chasida joylashgan yengil konstruksiyali do‘konlar buzilayotgani haqida xabarlar muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Muhokamalarda buzish ishlari sud qarorisiz, kompensatsiyasiz, tezkorlik bilan amalga oshirilgani va arizachilar ichki ishlar bo‘limiga olib ketilayotgani qayd etilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Otabek Musurmonov Sirdaryo viloyat hokimi E.Turdimovga deputatlik so‘rovi yubordi.

So‘rovda amaldagi qonunchilikka ko‘ra, mulkni davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish faqat sud qarori asosida va kompensatsiya to‘langandan so‘ng amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlangan. Shu boisdan deputat O.Musurmonov mutasaddidan savdo do‘konlarini buzish qaysi huquqiy asosga ko‘ra amalga oshirilayotgani hamda buzish ishlariga e’tiroz bildirgan tadbirkorlarning ichki ishlar organlariga olib ketilayotgani bo‘yicha aniq tushuntirishlar taqdim etishni so‘ragan.

Deputat so‘roviga javobni kuzatib boramiz.  

M.Komilova,

O‘zA