French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda ta’lim sohasi va yer ajratishdagi korrupsion jinoyatlar fosh etildi
12:21 / 2019-08-30

Joriy yilning 29 avgust kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Sirdaryo viloyati hududiy Idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Joriy yilning 29 avgust kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Sirdaryo viloyati hududiy Idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilayotganligiga qaramasdan, viloyatdagi o‘rta maxsus ta’lim muassasasi va “Yer mulk kadastr” tizimi ayrim mas’ul xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsion jinoyatlar muhokama qilindi.

Jumladan, joriy yilning 27 avgust kuni “Yermulkkadastr” Guliston tuman bo‘limi mas’ul xodimi K.O. fuqaro A.K.ga tuman hududidagi “Zarbdor” MFY hududidan 6 sotix yer maydoni ajratib berish evaziga ta’magirlik yo‘li bilan 3000 AQSh dollari talab qilgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Boyovut ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji mas’ul xodimi A.A. mansab mavqeini suiste’mol qilib, fuqaro K.K.ga 2011-2013 yillarda o‘qiganligi haqida diplom tayyorlab berish evaziga undan 200 AQSh dollarini talab qilgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yig‘ilishda komissiya a’zolarining farmonni ijrosi hamda sodir etilgan korrupsion jinoyatlar bo‘yicha fikr va mulohazalari eshitilib, tegishli qaror qabul qilindi va ijro uchun komissiya a’zolariga yuborildi.

Sirdaryo viloyat prokuraturasi Axborot xizmati.