O‘tgan yili Sirdaryo viloyatiga 113 ming 800 nafar sayyoh keldi. Bu 2023 yilga nisbatan qariyb 2 baravar ko‘p. Ushbu o‘sish so‘nggi yillarda viloyatda turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanilayotganidan dalolat beradi. Viloyat hokimligi tomonidan tashkil qilingan press-shu haqida ma’lum qilindi.
Xususan, Sirdaryo tumanidan o‘tgan daryo sohilida qad rostlagan dam olish maskani bir vaqtning o‘zida yuzdan ortiq sayyohga xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda Sirdaryo oqimiga uyg‘un ravishda sokinlik va xotirjamlik muhiti yaratilgan.
Shuningdek, viloyatda tibbiyot turizmi ham jadal rivojlanmoqda. Yuqori tibbiyot texnologiyalari asosidagi noyob jarrohlik va boshqa zamonaviy muolajalar o‘zlashtirilib, keng qo‘llanilayotgani tufayli Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston davlatlaridan davolanishga kelayotganlar yil sayin ko‘paymoqda.
[gallery-21297]
— Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida 13 ta mehmonxona, 22 ta oilaviy mehmon uyi, 24 ta xostel faoliyat ko‘rsatmoqda, - deydi Sirdaryo viloyat hokimi o‘rinbosari Shohruh Isoqulov. — Bundan tashqari mahalliy hamda xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi 29 ta turoperator va turagentlarning faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilda ularning sonini yanada ko‘paytirish reja qilingan. Turizmni rivojlantirish imkoniyatlarimiz ko‘p. Jumladan, bunda viloyat hududi respublika va xalqaro ahamiyatdagi avtomobil hamda temir yo‘llar chorrahasida joylashgani ham muhim omil hisoblanadi. Shu bois yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratyapmiz. Xususan, xalqaro avtoyo‘llar bo‘yida qurilayotgan umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari sayyohlarga milliy taomlarimizni taqdim etish barobarida hududning brendi bo‘lgan mahsulotlarni tanishtirish va savdosini yo‘lga qo‘yish uchun ham sharoit yaratadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wjKvATmvpvM" title="Sirdaryoda sayyohlar oqimi ko‘paymoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Shahriyor ORTIQBOEV (surat va video), O‘zA