Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda “Salomatlik yo‘lakchalari” bunyod etilmoqda
20:40 / 2021-03-22

Prezidentimizning 2020 yil 28 dekabrdagi “2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida Sirdaryo viloyatining 11 ta tuman va shahrida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Navro‘z shodiyonalari kunlarida viloyat hokimi G‘.Mirzayev Guliston shahrida namuna sifatida qurilayotgan “Salomatlik yo‘lakchalari”ini borib ko‘rdi.

Loyihada, davlatimiz rahbarining qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston shahar hokimining qarori qabul qilinib, viloyat markazidagi Namuna, Yangi hayot, Do‘stlik va Ahillik mahalla fuqarolar yig‘inlaridan o‘tuvchi K-3 kanali bo‘ylab, 4,34 kilometr uzunlikdagi “Salomatlik yo‘lakchalari” barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

Rejaga muvofiq, mazkur “Salomatlik yo‘lakchalari” piyodalar uchun alohida, ko‘zi ojizlar uchun alohida va velosipedda harakatlanuvchilar uchun maxsus yo‘lakchalardan iborat bo‘ladi.

Shuningdek, aholi dam olishi uchun o‘rindiqlar, veloparkovka, 4 ta “Workout” maydonchasi, 5 ta “Streetball” va 4 ta badminton maydonchalari quriladi.

Yo‘lakchalarni va sport maydonchalarini yoritish uchun zamonaviy muqobil (quyosh) energiyasida ishlovchi yoritgichlardan foydalanilanilayotganini alohida ta’kidlash lozim.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun, “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Sirdaryo viloyati filiali tomonidan 6 milliard 530 million so‘mga smeta-hujjatlari ishlab chiqilgan. Qurilish ishlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi G‘.Mirzayev ushbu loyiha bilan atroflicha tanishib, tavsiyalarini berdi.

A.Qayumov,

F.Toshmatov(surat),

O‘zA