Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda raqamli iqtisodiyot – 2030 strategiyasi muhokama qilindi
17:36 / 2020-11-16

Yig‘ilishda barcha loyihalarning hozirgi kundagi ijro holati birma-bir muhokama qilinib, loyihalar ijrosini ta’minlash yuzasidan topshiriq va vazifalar belgilab olindi.

Sirdaryo viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan belgilangan loyihalar va chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha hududiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Tadbirda viloyat hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, shuningdek kengashning boshqa a’zolari, tuman va shahar hokimliklari loyihalarning joylardagi ijrosiga mas’ul bo‘lgan viloyat boshqarma va tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etdi.  

Yig‘ilishda barcha loyihalarning hozirgi kundagi ijro holati birma-bir muhokama qilinib, loyihalar ijrosini ta’minlash yuzasidan topshiriq va vazifalar belgilab olindi.  

Loyihalarning joylardagi ijrosiga mas’ul bo‘lgan viloyat boshqarma va tashkilotlarning vazifalarni o‘z muddatida bajarishini ta’minlash va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan vakolatli vazirlik va idoralarga o‘rnatilgan tartibda ma’lumot taqdim etib borishi nazoratga olindi.

A.QAYUMOV, O‘zA