French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda radar va kameralar o‘rnatish joylarining “E-auksion” orqali savdosi boshlandi
11:14 / 2021-06-15

Sirdaryoda radar va kameralar o‘rnatish joylari savdosi dastlab Sardoba va Boyovut tumanlari hududidan boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 21 apreldagi «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida radar va kameralar o‘rnatish joylari “E-auksion” savdo maydonchasi orqali sotilishi belgilangan bo‘lib, ushbu qarorga asosan, onlayn-auksionlar – Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Reglament asosida amalga oshiriladi.

Ob’ekt – onlayn-auksionda g‘olib bo‘lgan tadbirkorga mulk huquqi asosida cheklanmagan muddatga, boshqa tadbirkorga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi. Lotning joy dislokatsiyasi, hududdagi transport oqimi va oxirgi 2 yilda aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi.

Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda, Sirdaryo viloyatining Sardoba hamda Boyovut tumanlarida radar va kameralar o‘rnatish huquqi “E-auksion” savdoga chiqarilgan. 

Sardoba tumanidagi savdoga chiqarilgan ushbu lotda bitta intellektual videokamera, Boyovut tumanidagi lotda esa bitta intellektual videokamera hamda 3 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan.

Qisqa fursatlarda, viloyatning boshqa hududlardan ham shu singari huquqlarni “E-auksion” orqali savdoga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

A.Qayumov, O‘zA