English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda Qirg‘iziston kino kunlari bo‘lib o‘tdi
18:30 / 2022-09-17

“Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali davomida hududlarda kino kunlari o‘tkazildi. Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida “Qirg‘iziston kino kunlari” tashkil etildi.

Ochilish marosimida viloyat hokimligi mas’ullari, Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari, san’at namoyondalari, viloyatdagi kino ixlosmandlari ishtirok etdi.

Qirg‘izistonlik kino ijodkorlar tomonidan suratga olingan “Ko‘pkari” badiiy filmi va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Sirdaryo viloyat bo‘limi yosh ijrochilari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Ishtirokchilar viloyatning diqqatga sazovor joylari, xususan, Guliston tumanidagi "O‘lkashunoslik muzeyi" bilan tanishdi.

 

Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat), O‘zA