Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda qariyb 98 ming gektar maydon shudgorlanadi
17:48 / 2021-11-10

Mo‘l hosil yetishtirishda kuzgi shudgorning ahamiyati katta. Ota-bobolarimiz “Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda”, deb bekorga aytmagan. Zero, sifatli o‘tkazilgan kuzgi shudgor kelgusi yil hosiliga puxta zamin yaratadi.

Yerlarni sifatli va yuqori unum bilan shudgorlashga erishish uchun traktor, pluglar oldindan ishga shay holga keltirilishi va sozlanishi, dalalar esa tayyorlangan bo‘lishi, haydov to‘g‘ri tashkil etilishi va uning sifati doimiy nazorat ostida bo‘lishi lozim.

Viloyatda 2022 yil hosili uchun paxtachilik yo‘nalishidagi 9 ta klaster va 1522 ta fermer xo‘jaligidagi 97 ming 600 gektar yer maydonida kuzgi shudgorlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.  

– Bu agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun 160 ta otryad tuzilib, 356 ta trayetor va 356 ta plug texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, mavsumga shay qilib qo‘yilgan, – deydi “O‘zagroinspeksiya” Sirdaryo viloyat boshqarmasining “Texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish” bo‘limi katta inspektori Abdulatif Qosimov. – Mazkur texnikalarning 46 tasi Boyovut, 33 tasi Guliston, 40 tasi Mirzaobod, 63 tasi Oqoltin tumanlariga jalb qilingan. Sardoba tumanida 39 ta, Sayxunobodda 53 ta, Sirdaryo tumanida 56 va Xovos tumanida 26 ta xaydov tarktorlari shudgorlashda ishtirok etmoqda.  

bugungi kunda 233 ta taretor bilan bir kunda 1 ming 908 gektar, mavsum boshidan esa 15 ming 904 gektar yer maydoni sifatli shudgorlandi.

Xususan, Sardoba tumanida 1 ming 955 gektar, Xovosda 1 ming 813 gektar, Boyovutda 1 ming 894 gektar, Sayxunobodda 1 ming 904 gektar, Oqoltinda 3 ming 50 gektar, Sirdaryoda 1 ming 696 gektar, Gulistonda 1 ming 694 gektar va Mirzaobod tumanida 1 ming 898 gektar yer maydonlarida shudgorlash ishlari yakunlangan.

 

Shuhrat Suyarov, O‘zA