English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda prokuror va IIB boshlig‘i afv etilganlar bilan suhbatlashdi
16:44 / 2021-03-31

Guliston shahrida Sirdaryo viloyati prokurori Sh.Aminov hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mavlyanov muddatidan avval ozod etilgan fuqarolar bilan uchrashdi.

Prezidentimizning «Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq Sirdaryo viloyatidan ham 7 nafar fuqaro muddatidan oldin jazodan ozod etilib, o‘z oilasi bag‘riga qaytarildi.

Davlatimiz rahbarining ushbu farmoni ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish maqsadida viloyat prokurori Sh.Aminov hamda viloyat IIB boshlig‘i Sh.Mavlyanov 7 nafar afv etilgan sirdaryolik fuqarolar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.

Mazkur uchrashuvdan avval, viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi IIO FMB Probatsiya guruhi vakillari ozodlikdan cheklash jazosini muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilganlarning har birini uylariga borib, yashash sharoitlari, mutaxassisligi, oilaviy sharoiti va mutaxassisliklari atroflicha o‘rganildi.

Uchrashuv chog‘ida bu fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash lozimligi yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi. Shuningdek, qisqa muddatlarda ularning bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan, tadbirda ishtirok etgan viloyat bandlik bosh boshqarmasi vakiliga aniq topshiriq berilib, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar belgilab olinib, nazoratga olindi.

 

A.Qayumov,

F.Toshmatov, O‘zA