Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda “Prezident sovg‘asi” uyma-uy tarqatildi
14:51 / 2020-12-30

Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi xodimlari ichki ishlar xodimlari kuzatuvida 315 dona “Prezident sovg‘asi”ni uyma-uy yurib sirdaryolik bolajonlarga topshirdi.

Guliston shahridagi Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan, Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida jonini fido qilganlarning hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 3 yoshdan 15 yoshcha bo‘lgan farzandlari uchun Davlatimiz rahbarining Yangi yil bayrami munosabati bilan jo‘natgan – tarkibida 20 turdagi shirinlik, 3 turdagi o‘quv qurollari va 2 turdagi jihozlar kiritilgan “Prezident sovg‘asi”ni olgan bolajonlarning qalblari olam-olam quvonchga to‘ldi.

“Bolalar shaharchasi” ning 58 nafar tarbiyalanuvchilariga karantin qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda to‘kin bayram dasturxoni bezatilib, Qorbobo, Qorqiz va boshqa ertak qahramonlari ishtirokidagi badiiy bayram dasturi bolajonlarga bayramona xush kayfiyat bag‘ishladi.  

 

A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), O‘zA