Sirdaryoda “Prezident sovg‘alari” o‘z manziliga yetkazib berilmoqda
Bayram arafasida viloyat hokimi o‘rinbosari Otabek Nosirov boshchiligida viloyat xalq ta’limi hamda Milliy gvardiya boshqarmasi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mas’ullari bilan birgalikda oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolajonlarga "Prezident sovg‘alari" yetkazib berildi.
Shu bilan birga tuman, shaharlardagi 3-15 yoshgacha bo‘lgan chin yetim bolalar, vatan sarhadlarida o‘z xizmat vazifasi vaqtida halok bo‘lgan IIB va Mudofaa tizimi xodimlari farzandlariga ham bayram sovg‘alari topshirildi.
Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat), O‘zA