Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda poliklinika qayta ish boshladi
12:02 / 2022-04-30

Davlatimiz rahbari sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida hududlarda faoliyat ko‘rsatgan, ammo ma’lum sabablarga ko‘ra faoliyati tugatilgan oilaviy poliklinikalarni ta’mirlash va qayta ishga tushirish to‘g‘risida soha xodimlariga bergan topshiriqlari ijrosi doirasida Sirdaryo tumanining Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi "Ulug‘bek" oilaviy poliklinika qayta ish boshladi.

Uni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun tuman byudjetidan 120 million so‘m, tibbiy jihoz, kompyuter jamlanmalari bilan jihozlash uchun 250 million so‘m pul mablag‘i sarflanib, aholi salomatligini saqlash uchun barcha sharoit yaratildi. 
– Poliklinika faoliyati tugatilgach, aholini boshqa hududdagi poliklinikaga borib, qaytishida turli muammolar kuzatilayotgan edi, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori San’at Qodirov. – Qayta ochish va ishga tushirish masalasi muammo bo‘lib turgan edi. Bu masalaga Prezidentimiz oqilona yechim topib berdi.

 Natijada, ishlamay turgan poliklinikani qayta ishga tushirdik. Endi, ushbu hududda istiqomat qilib kelayotgan 4300 nafar aholi uchun, 8 kilometr uzoqlikda joylashgan 29-oilaviy poliklinikaga emas, o‘z hududidagi oilaviy poliklinikaga borish imkoni tug‘ildi. Qolaversa, qayta ishga tushgan va faoliyatini boshlagan poliklinika 100 qatnovga mo‘ljallanib, unda aholiga kunduzgi statsionar tartibda xizmat ko‘rsatish uchun 5 o‘rinli kunduzgi shifo maskani faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi.

Shuhrat Suyarov, 
O‘zA