Sirdaryoda pilla xirmoni yuksalmoqda
Shu kunlarda Sirdaryo viloyatidagi 3 279 xonadonda 12 891 quti ipak qurti parvarishlanmoqda. Joriy mavsumda 830 tonna pilla xirmoni yaratishni ko‘zlagan sirdaryoliklar mashaqqatli mehnatlarining samarasini ko‘radigan pallaga yetdi.
Mavsum boshidan “Uchko‘prik tajribasi” asosida uch quti pilla qurtini parvarishlab kelayotgan Guliston tumani Hamid Olimjon mahallasida yashovchi Oytoji Nishonboyeva viloyatda birinchilardan bo‘lib hosil yig‘ishga kirishdi. U bir qutidan o‘rtacha 70-80 kilogrammdan hosil olishni reja qilgan.


Oytoji opa xonadonida bo‘lgan viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev qilingan samarali mehnat va hosil salmog‘ini alohida e’tirof etib, pillakorga tashakkur bildirdi va qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.
Sh.Suyarov,Sh.Ortiqboyev (surat),
O‘zA muxbirlari