Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda o‘tkazilgan ilk jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi
12:44 / 2022-11-21

Xovos tumanida tug‘ilgan, 63 yoshli bemor, H. J.ning ko‘krak qismida yuzaga kelgan og‘riq sabab ikki oydan ko‘proq vaqt ichida turli tibbiyot muassasalariga murojaat qildi. Ammo, biron bir naf chiqmadi. Shundan so‘ng, u Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo filialiga murojaat qildi.

Filial rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali jarroh Erkin Aliqulov uning holatini o‘rganib kasallikka aniq tashxis qo‘ydi. Unda ko‘krak umurtqa sili kasalligi aniqlandi. Buni faqatgina jarrohlik amaliyoti orqali bartaraf etish mumkin. Bemorni omadi bor ekan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Sirdaryoda boshlangan salomatlik aksiyasi doirasidagi tadbirlar davomida bemorning muammosiga yechim topildi.

Sirdaryo viloyatida ilgari bu turdagi jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmagan. Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot tibbiyot markazi mutaxassisi Abulqosim Pirnazarov hamda sirdaryolik mutaxassislar tomonidan ilk marotaba mazkur yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.

– Ayni vaqtda bemor salomatligi yaxshi bo‘lib, tibbiyot xodimlarimiz nazoratida, – deydi markazning Sirdaryo filiali rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Erkin Aliqulov. – Quvonarli tomoni Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan salomatlik aksiyasi aholi salomatligi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Sh.Suyarov, O‘zA.