Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchilar taqdirlandi
10:22 / 2021-06-14

Sirdayolik 3 nafar sportchi – pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha Server Ibragimov, akademik eshkak eshish sport turidan Shoxboz Xolmirzayev va yengil atletikaning balandlikka sakrash turidan Safina Sa’dullayeva 2021 yilda Tokioda o‘tadigan yozgi olimpiada o‘yinlariga letsenziyani qo‘lga kiritgan edi.

Joriy yilning 11-12 iyun kunlari “Guliston” markaziy stadionida o‘tgan “Bag‘rikeng O‘zbekiston – umumiy uyimiz” millatlararo do‘stlik festivalining yakuniy qismida Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev uch sportchiga 100 million so‘mlik sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi.

Server Ibragimov (imkoniyati cheklangan) va Shoxboz Xolmirzayev mukofotni shaxsan viloyat hokimining qo‘lidan olgan bo‘lsa, Safina Sa’dullayeva xorijda o‘tayotgan xalqaro musobaqada bo‘lganligi sabab, uning o‘rniga sertifikatni turmush o‘rtog‘i qabul qilib oldi.

Ayni paytda, yana 4 nafar sirdaryolik sportchi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda. Ularning Tokio olimpiadasiga beriladigan yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishi yo‘lida barcha sharoitlar yaratilib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Shuningdek, festivalda faol ishtirok etgan jami 15 nafar milliy madaniyat markazlar rahbarlariga ham faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

[gallery-2778]

A.Qayumov, F.Toshmatov (surat), O‘zA