FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida “Malik” chegara bojxona postida Guliston shahridagi 9-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun tanishuv tashrifi tashkil etildi.
Tadbir doirasida o‘quvchilarga bojxona posti faoliyati haqida batafsil ma’lumot berilib, yengil avtotransport vositalarini nazoratdan samarali o‘tkazishda qo‘llaniladigan zamonaviy uskunalar — qo‘l yuklarini skaner qiluvchi rentgen qurilmalari, ST-40 jamlanmalari, portal monitorlar hamda avtomobil raqamlarini aniqlash tizimlari amaliyotda namoyish etildi.
[gallery-25492]
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga bojxona organlari faoliyatida xizmat itlarining ahamiyati haqida so‘zlab berildi. Xizmat iti ishtirokida bojxona nazorati jarayoni bo‘yicha mahorat darsi ham ko‘rsatildi.
Uchrashuv yakunida o‘quvchilar sohadagi mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, bojxona organlari faoliyati haqida yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA