Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda “Metodistlar maktabi” tashkil etildi
15:06 / 2022-01-20

Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida viloyat hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari fan metodistlari uchun “Metodistlar maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Metodist maktabini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ularning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini muntazam yangilash, aniq maqsadga yo‘naltirilgan dastur asosida o‘quvlar tashkil etish, ta’lim muassasalari xodimlarining axborot va metodik ta’minotga bo‘lgan ehtiyojlari monitoringini olib borish va shu asosda reja tuzish ishlarini o‘rgatish, ta’lim muassasalarining metodik ishlarini o‘rganish, tahlil qilish va takomillashtirish yo‘llarini belgilashdir. Shuningdek, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, o‘qituvchi va rahbarlar malakasi, kasbiy mahoratini oshirish, tayanch maktablarni belgilash, ushbu maktablarda ilmiy-amaliy konferensiyalar, festivallar, ko‘rik-tanlovlar tashkil etish, ta’lim muassasalarida metodik ishlarni muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirishdan iborat.

“Metodistlar maktabi” bir yilda ikki marta tashkil etilib, bir haftalik, 48 soatdan iborat o‘quv dasturi asosida Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi professor-o‘qituvchilari hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi metodik xizmat bo‘limi fan metodistlaridan iborat o‘qituvchi-trenerlar tomonidan mashg‘ulotlar olib boriladi.

O‘quv kursining ilk mashg‘ulotlarida 78 nafar tuman, shahar fan metodistlari jalb etildi.

O‘quv kursi yakunida tinglovchilarning olgan bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilib, maxsus sertifikatlar beriladi.

 

Sh.Suyarov,F. Toshmatov(surat), O‘zA