English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi
20:19 / 2021-03-13

“Sirdaryo” chegara bojxona postida Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi hududdagi Favqulodda vaziyatlarda Davlat quyi tizimi (FVDqT) xizmatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ (HMQO)lar vakillari bilan hamkorlikda ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

O‘quv mashqida maxsus texnik vositalardan foydalangan holda sanksiyalanmagan (egasiz) ionlashtiruvchi nurlanish manbalari, avtotransport vositasida qurol aniqlanishi, kuch va tuzilmalarning hamkorlikdagi harakatlari amaliy tarzda ko‘rildi.

Shuningdek, bojxona postida mavjud barcha nazorat-texnika vositalari ko‘rgazmasi tashkil etilib, o‘quv mashqi ishtirokchilariga nazorat-texnika vositalarining ishlash prinsiplari va vazifalari bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida barcha vakolatli idoralar vakillari bilan o‘quv mashqi yuzasidan fikr almashilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

[gallery-1548]

A.Qayumov, F.Toshmatov(surat), O‘zA