English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda ma’rifiy tadbir
10:44 / 2023-07-03

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Guliston shahrida “Davlatimiz ramzlari faxrimiz, g‘ururimiz!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu sana munosabati bilan erta tongdan O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashining o‘quv avtomobillari, yo‘l patrul xizmati avtomobillari hamda Milliy gvardiya otliqlaridan tashkil topgan “Vatanparvar avtokarvoni” Guliston shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab harakatlandi.

Tadbirda viloyat sektori rahbarlari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari, faol yoshlar, OAV xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari R.Boboyev nutq so‘zlab, O‘zbekiston Respublikasi gerbining mamlakatimiz va xalqimiz hayotidagi tutgan o‘rni haqida ma’ruza qildi.

–Davlatimiz ramzlaridan biri bo‘lgan Gerbimiz xalqimizning shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etgan. Uni e’zozlash va qadrlash har bir vatandoshimizning muqaddas burchidir, – dedi R. Boboyev.  

Tadbirda mamlakatimiz tarixi, bugungi farovon hayotimizni o‘zida aks ettiruvchi kitoblar, risolalar, suratlar namoyish etildi. Yosh o‘quvchi musavvirlar chizgan gerbimiz tasvirlari barchaga manzur bo‘ldi. Viloyat san’at ustalari va yosh ijrochilarining kuylagan qo‘shiqlari, kuy va raqslari tadbirni yanada fayzli o‘tishiga xizmat qildi.  

 

Sh.Suyarov,

O‘zA