Sirdaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov tashabbusi bilan yoshlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish va maktablarning kutubxona fondini boyitish maqsadida "Maktab uchun ming kitob sovg‘a qiling" aksiyasiga start berildi. Ushbu tashabbus viloyatning Shirin shahridan boshlandi.
"Maktab uchun ming kitob sovg‘a qiling" aksiyasi viloyatning turli tumanlaridagi maktablarda tashkil etildi va yoshlar, o‘qituvchilar hamda mahalliy aholi orasida katta qiziqish bilan qabul qilindi.
[gallery-22110]
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad –o‘quvchilarni yangi kitoblar bilan tanishtirish, ularda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish va bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirish. Aksiya doirasida maktablarga kitob sovg‘a qilish shunchaki kitoblar topshirish emas, balki har bir ishtirokchining shaxsiy munosabatini, kitobga bo‘lgan muhabbati va unga bo‘lgan e’tiborini namoyon etadi.
– Aksiyada nafaqat davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan rahbar-xodimlar, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, o‘zi o‘qigan maktabga o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini,tarix, fan va san’at sohasiga oid kitoblarni taqdim etishi mumkin,–deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo viloyat bo‘limi rahbari Murod Hayitov. –Shu maqsadda biz ham o‘zimiz tahsil olgan Shirin shahridagi 3-umumta’lim maktabiga 100 donadan kitob tuhfa etdik. Bu esa, o‘quvchi-yoshlarning kitobga bo‘lgan muhabbatini mustahkamlashga, qiziqishlarini yuksaltirishga, bilim va intellektual salohiyatlarini shakllantirishga katta yordam berib, maktablarning kutubxona fondini boyitishga xizmat qiladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/tixxQAMVU5Q" title="Sirdaryoda "Maktab uchun ming kitob" aktsiyasi boshlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>G‘ulom Primov,Shahriyor Ortiqboyev, (surat, video), O‘zA muxbirlari