French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda Konstitutsiya bayrami keng nishonlandi
15:41 / 2025-12-06

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan bugun Guliston shahridagi Musiqali drama teatrida viloyat miqyosidagi tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Asosiy Qonunning mamlakat taraqqiyoti, fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Marosimda Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etib, yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z nutqida u Konstitutsiyaning jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishda ishonchli huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani, qonun ustuvorligi va demokratik tamoyillarni qaror toptirishda uning roli beqiyos ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, hokim fuqarolarning faol jamiyat qurilishidagi ishtiroki, birdamligi va tashabbuskorligi mamlakat ravnaqida muhim omil sifatida namoyon bo‘layotganini qayd etdi.

Tadbir avvalida Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan demokratiya, inson huquqlari, qonuniylik va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan normalarning amaliyotdagi ahamiyati yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Asosiy Qonunning keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlab kelayotgani alohida ta’kidlandi.

Bayram dasturi san’atkorlar ijrosidagi vatanparvarlik qo‘shiqlari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar bilan davom etdi.

G‘ulom Primov, O‘zA