Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda karantindagi 6 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi
13:13 / 2020-04-18

Afsuski, Sirdaryo viloyatida ham tibbiy nazoratda boʻlgan fuqarolarning 6 nafarida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganligi tasdiqlandi.


Afsuski, Sirdaryo viloyatida ham tibbiy nazoratda boʻlgan fuqarolarning 6 nafarida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganligi tasdiqlandi. Bu haqda viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 17-aprel kuni soat 18:30 holatiga Sirdaryo viloyati hududida yashayotgan 386 nafar fuqaro va ularning 1 ming 694 nafar oila aʼzolari uy sharoitida, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining yuqumli kasalliklar boʻlimlarida 226 nafar fuqarolar karantinga olingan.

Bundan tashqari, joriy yilning 28-mart sanasida qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidan olib kelinib, Sirdaryo tumanidagi “Sirdaryo” yozgi bolalar oromgohida tashkil etilgan 6 ta alohidalashtirilgan xonalarga joylashtirilgan 377 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvga olingan edi.

Tibbiy kuzatuvga olingan Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolar orasida koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq kasallanish holati qayd etilmadi. Ammo, Sirdaryo tumanidagi bolalar oromgohida tibbiy kuzatuvga olingan, qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidan olib kelingan fuqarolardan 6 nafar (ulardan 4 nafari Samarqand, 1 nafari Fargʻona viloyatlari va 1 nafari Chirchiq shahrida yashovchi) fuqarolarda koronavirus infeksiyasining alomatlari kuzatilgach, ulardan gripp-oʻtkir respirator virusli kasalliklarga PZR usulida klinik naʼmunalar olinib, Respublika Virusologiya laboratoriyasiga yuborilgan edi. Oʻtkazilgan laboratoriya tekshiruvidan soʻng ularga koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish tashxisi qoʻyildi va Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi.

Ayni paytda, sirdaryolik shifokorlar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va respublikamizning koʻzga koʻringan mutaxassislari tavsiya va koʻrsatmalari asosda ularga zarur tibbiy yordamni koʻrsatishmoqda.

Koronavirusga chalingan fuqarolar bilan birga kelgan va oromgohda tibbiy kuzatuvda boʻlgan fuqarolar esa Guliston shahridagi Guliston Davlat Universiteti yotoqxonasiga koʻchirilib, qayta tibbiy kuzatuvga olindi.