FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Yoshlar markazi”da xalqimizga xos insoniylik, mehr va oqibat ruhini aks ettirgan “Inson qadri uchun – mehr karvoni” aksiyasiga start berildi.
Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev mamlakatimizda har jabhada olib borilayotgan islohotlarning tub zamirida inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ezgu g‘oya mujassamligini alohida ta’kidladi.
[gallery-10374]
Shu yerning o‘zida 100 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchini yo‘qotgan va ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan yigit-qizlarga issiq kiyim-kechak va o‘zbek jadidchiligining 8 nafar yirik vakili – G‘ulom Zafariy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, asarlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Jadidlar” to‘plami topshirildi.
Aksiya doirasida viloyatning barcha tuman va shaharlarida yashovchi 1000 nafar ana shunday toifadagi yoshlar holidan xabar olinib, ularga mehr-muruvvat ko‘rsatildi.
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA