Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda "Innowomenweek-2024" ko‘rgazmasi o‘tkazildi
09:23 / 2024-10-15

Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan Guliston davlat universitetida iqtidorli xotin-qizlar va ularning biznes g‘oya va loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, eng asosiysi, ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida "Yangi O‘zbekistonning tadbirkor ayollari" shiori ostida "Innowomenweek-2024" ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi doirasida tashkil etilgan  "Innowomenweek-2024" ko‘rgazmasi doirasida  "Ayol, biznes, innovatsiya" mavzusida seminar ham tashkil etildi. Unda Guliston davlat universiteti, Guliston pedagogika instituti hamda Kimyo-texnologiyalar instituti Yangiyer filialida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat olib borayotgan olimalar, doktorantlar hamda magistr talaba qizlar bir-biridan dolzarb va qiziq  bo‘lgan ilmiy loyihalar taqdimotini o‘tkazdi.  

Haftalik davomida eng yaxshi innovatsion ishlanmalar, ma’ruzalar mualliflari hamda yosh bo‘lajak olima qizlar tanlab olindi. G‘olib va ishtirokchilarga  Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Tojiboyeva Sirdaryo viloyati hokimligining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alarini topshirdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri