Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda ilk marotaba buyrak ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi
16:05 / 2022-08-08

Sirdaryoda "Inson qadri uchun" ezgu tamoyili asosida Sog‘liqni saqlash vaziri tashabbusi bilan tashkil etilgan salomatlik aksiyasi doirasida ilk marotaba 1999 yilda tug‘ilgan fuqaroda buyrak ko‘chirib o‘tkazish murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

Ushbu amaliyotni Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Guliston tibbiyot klasteri shifokorlari muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Bemorga uning onasi, 1971 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan Hafiza Berdiyorova o‘z buyragini berdi.

Muhimi, hozir ona-bolaning salomatligi yaxshi. Ular Guliston tibbiyot klasteri shifokorlari nazoratida.

– Bu turdagi amaliyot Sirdaryoda ilk marotaba, ustoz va shogird an’anasini saqlab qolgan holda, mahorat darsi asosida o‘tkazildi, – deydi Guliston tibbiyot klasteri direktori Qodir Hotamov. – Eng quvonarli tomoni, kelgusida bu turdagi yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini viloyatda o‘tkazish uchun yo‘l ochildi.

Sh.Suyarov, O‘zA