Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda ijtimoiy tarmoqlar orqali terroristik g‘oyalarni targ‘ib qilgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi
11:06 / 2022-04-17

O‘zbekiston Respublikasi DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar Boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, Suriyadagi “Katibatul Tavhid va Jihod” xalqaro terroristik tashkiloti a’zolari tomonidan ochilgan “virtual guruh”ga a’zo bo‘lib, undagi aqidaparastlik materiallarni boshqalarga tarqatib kelgan 7 nafar shaxslar qo‘lga olindi.

Ushbu fuqarolar, Suriyadagi jangarilar rahnamolarining onlayn darslarida ishtrok etib kelishgan va ma’lum muddat ichida ulardan 2 nafari (2001 yilda tug‘ilgan “M.O.” va 2002 yilda tug‘ilgan “M.M.”) radikal g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyaga chiqib ketishga tayyorgarlik ko‘rishgan. Yashash joylarida o‘tkazilgan tintuv jarayonida, qo‘lga olinganlardan jinoyatga aloqador ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olindi.

To‘plangan materiallar asosida, O‘zbekiston Respublikasi DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuhrat Suyarov, O‘zA.