Sirdaryoda “I Xalqaro investitsiya forumi” bo‘lib o‘tmoqda
Guliston shahrida viloyatda birinchi marta xorijiy investorlar ishtirokida “I Xalqaro investitsiya forumi” tashkil etildi.
Guliston shahrida viloyatda birinchi marta xorijiy investorlar ishtirokida “I Xalqaro investitsiya forumi” tashkil etildi.
Forumda xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchilari, diplomatik korpus hamda hukumat vakillari, 200 dan ortiq xorijiy kompaniyalar rahbarlari, viloyat, tuman, shahar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, mutasaddi idoralar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
Forum ishtirokchilari Guliston shahridagi yangidan barpo etilgan, balandligi 65 metrlik Yurt bayrog‘i maydonida tantanali ravishda kutib olindi.
Shuningdek, ishtirokchilar Guliston shahri aholisining diqqat markazida bo‘lgan “ Gullar festivali” hamda “Qushlar ko‘rgazmasi”ni tomosha qildi.
“Gullar festivali” tanlovi munosabati bilan shahardagi maydon, xiyobon, istirohat bog‘larida 2 million dona rang barang gul ko‘chatlari o‘tkazildi.
Viloyat markazida birinchi marta tashkil etilgan “Qushlar ko‘rgazmasi” tanloviga viloyatning barcha shahar va tumanlaridan hamda qo‘shni viloyatlardan soha mutaxassislari o‘zlarining turli-tuman qushlari bilan ishtirok etmoqda.
Forumning rasmiy qismi viloyat musiqali drama teatrida davom etmoqda.