English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda ham test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda (+video)
14:41 / 2023-08-01

Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi. Ushbu sinovlar oldidan Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev majmuaga tashrif buyurdi va barcha abituriyentlarga omad tiladi.

Imtihonlar kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. 1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar, 2-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. Test sinovlari o‘tkaziladigan hududni nazorat qilish uchun kameralar, shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya qurilmalari o‘rnatilgan. 135 nafar malakali mutaxassis nazoratchi sifatida tanlab olinib, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar, milliy gvardiya hamda xizmat ko‘rsatish tizimlari xodimlari biriktirilgan.  

[gallery-12979]

Joriy yilda viloyat bo‘yicha jami abituriyentlar soni 33 337 nafarni tashkil etdi. Test sinovlari abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasi sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 avgust kuni yakunlanadi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qCaDgqwYrYk" title="Сирдарёда ҳам тест синовлари бўлиб ўтмоқда" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev, (surat) O‘zA