Sirdaryoda ham "Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi
Bugun erta tongdan Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, sektor rahbarlari, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar hamda yoshlar viloyat markazining eng ko‘rkam manzillaridan biri — Xotira maydonida yig‘ildilar.
[gallery-11820]
Harbiy orkestr ijrosida “Xotirlash kuyi” yangradi. Ikkinchi jahon urushida va mustaqillik yillarida el-yurt tinchligi yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan o‘g‘lonlarning porloq xotirasi yod etilib, Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘yildi. Viloyat rahbari ibratli umr yo‘lini bosib o‘tgan keksalar, mehnat faxriylari bilan suhbatlashdi. Ularni bayram bilan tabrikladi. Viloyatning barcha shahar va tumanlarida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Sh. Suyarov,Sh. Ortiqboyev, O‘zA