bugungi kunda Sirdaryo viloyatida Majburiy ijro bo‘limlari tomonidan ishga tiklash, ish haqlarini undirish bilan bog‘liq muammoli jarayonlar ijobiy hal qilib kelinyapti.
Jumladan, qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 10 nafar shaxs sud qarorlari asosida ishga tiklanib, jami 661 nafar fuqaro hamda 29 nafar yuridik shaxsning huquqi tiklandi.
Ish haqlarini undirish bilan bog‘liq 172 ta ijro hujjatiga asosan, 810 million so‘mdan ortiq ish haqlari undirib berilgan.
Shuningdek, «Guliston paxta tozalash» AJ 25 nafar ishchi-xodimlari foydasiga jami 100 000 000 so‘m ish haqini vaqtida to‘lamagan. Shundan so‘ng, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining qarorlariga asosan, korxonadan ish haqlarini undirish haqida hujjat Byuroning Guliston tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.
Qarzdorning debitorlik qarziga qaratish to‘g‘risidagi qaroriga asosan jami 100 000 000 so‘m ish haqi pullari to‘liq undirilib, undiruvchilarning bank plastik kartalariga o‘tkazib berilgan.
O‘zA