Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostidagi “Ma’naviyat festivali” Guliston shahri hamda Mirzaobod tumanidan boshlandi.
Tadbir ishtirokchilari dastlab Guliston shahridagi Mir Alisher Navoiy hazratlarining haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydi.
“Bilimdonlar maskani”da kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ushbu festival doirasida o‘nlab loyihalar amalga oshirildi. Shahar va qishloqlardagi kutubxonalarga kitoblar karvoni jo‘natildi.
Tadbirda 20 nafar sirdaryolik ma’rifat targ‘ibotchisiga tantanali ravishda a’zolik guvohnomasi va ko‘krak nishoni taqdim etildi.
“Ma’naviyat festivali” ishtirokchilari Mirzaobod tumanidagi Yangi O‘zbekiston mahallasida bo‘ldi.
“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan festival doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tuman aholisiga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostidagi “Ma’naviyat festivali” viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham ko‘tarinki kayfiyat va jo‘shqinlik bilan davom etmoqda.
A.Qayumov, F.Toshmatov (surat), O‘zA