Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan 1 ming 140 ta sanoat korxonasidan 129 tasi past quvvatda ishlayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bu korxonalar butlovchi va ehtiyot qismni asosan chetdan yoki respublikaning boshqa hududidan olib kelayotgani uchun tannarx bo‘yicha raqobatlasha olmayapti.
Agar butlovchi va ehtiyot qismlar hududning o‘zida ishlab chiqarilib, kooperatsiya yo‘lga qo‘yilsa, tannarxni bemalol 10 foizgacha kamaytirish mumkinligi qayd etildi.
Shu bois, «Farovon» kichik sanoat zonasiga tutash 200 gektarda butlovchi qismlar ishlab chiqarish taklifi qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu hudud temir yo‘l bo‘yida joylashgani, elektr tarmog‘i o‘tgani uchun infratuzilmaga qo‘shimcha mablag‘ talab qilinmaydi.
Viloyat hokimligiga bu yerda 800 million dollarlik mahalliylashtirish loyihalarini boshlash topshirildi.
O‘zA