Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda "Do‘stlik festivali" bo‘lib o‘tdi
20:12 / 2022-08-05

Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab «Xalqlar do‘stligi kuni» munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan “Do‘stlik festivali" doirasida turli madaniy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-amaliy tadbirlar davom etmoqda.

Bugun ana shunday tadbirlardan biri Sirdaryo viloyatining markazi Guliston shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirokchilarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

Sirdaryo xalqi bundan bir necha yillar muqaddam Mirzacho‘lni o‘zlashtirishga kelgan turli millat va elat vakillarining avlodi. Ular ushbu zaminni o‘z uyi deb hisoblaydi.

[gallery-8184]

— Do‘stlik masofa tanlamaydi, til, din yoki irq bilan chegaralanmaydi, u nafaqat insonlarni, shuningdek xalqlar va davlatlarni ham o‘zaro hurmat, ishonch asosida birlashtiradi. - dedi G‘ofurjon Mirzayev. — Bugun haqiqiy ma’noda gulistonga aylanayotgan Sirdaryo aynan millatlararo do‘stlik va ahillik, turli millat va elat vakillarining birdamlikdagi sa’y-harakati va mehnati mahsuli.

Tadbirda viloyatda yashayotgan turli millat vakillarining etnografiyasi, moddiy va ma’naviy madaniyatini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, ular tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston - umumiy uyimiz!” deb nomlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Festival doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat), O‘zA