Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda biznes o‘quv markazi
12:16 / 2024-06-22

Guliston shahridagi "Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi"da «Tadbirkor ayol» xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi tashabbusi, Germaniyaning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi ko‘magi bilan tadbirkor ayollar va yoshlar uchun biznes o‘quv markazi tashkil qilindi.

Markazning ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, "German Sparkassenstiftung for International" fondining O‘zbekistondagi hududiy vakili Matias Vangler, Germaniyaning "Vorpommem Sparkasse" bankining mijozlar bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi Naif Xamshou, «Tadbirkor ayol» xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi hamda "Hunarmandlar uyushmasi" a’zolari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar o‘quv markazi tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad va uning bugungi kundagi ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdilar.

Qayd etilishicha, bu yerda o‘tiladigan mashg‘ulotlarda xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini bozor talablaridan kelib chiqib yo‘lga qo‘yish, tijorat maqsadiga yo‘llangan sarmoyani to‘g‘ri sarflash, ish faoliyatini kengaytirish bo‘yicha eng muhim nazariy bilim, amaliy qoida va ko‘nikmalar o‘rgatiladi.

[gallery-17947]

Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev (surat),

O‘zA muxbirlari