Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda «Biznes akselerator» o‘quv-amaliy markazi ochildi
09:01 / 2020-12-25

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi huzuridagi Sirdaryo «Biznes akselerator» o‘quv-amaliy markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo Biznes akseleratorining ochilishida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev, Maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Qahramon Olimov qatnashdilar.

Vazir I. Abdurahmonov Sirdaryo «Biznes akselerator» o‘quv-amaliy markazining tantanali ochilishida nutq so‘zlarkan mazkur markaz yoshlarda muhandislik ko‘nikmalarini shakllantirish va innovatsion faoliyatga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishga, ularni ish bilan ta’minlashga, shuningdek, hududning ijtimoiy holatini yaxshilash uchun xizmat qilishiga ishonishini bildirdi.

Markazning asosiy vazifalaridan biri zamonaviy axborot va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etishdir. Bunda yuqori malakali mutaxassislar jalb qilinib, ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot va innovatsion-pedagogik texnologiyalar joriy qilinadi. Akseleratorda yoshlarga biznes g‘oyalarni shakllantirish, ularni amalga oshirish va yuritish qoidalari o‘rgatiladi.

Shuningdek mazkur markaz Sirdaryo viloyatida kichik tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etishga ko‘maklashib, ularga marketing sohasida bilim beriladi. Kichik tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda venchur fondlarini jalb qilishda ham amaliy yordam ko‘rsatiladi. O‘quv kurslarini tamomlagan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun investorlarni jalb qilishga ko‘maklashiladi, ularning faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi.