Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda avtomobil zavodi quriladimi?
10:29 / 2023-04-24

Davlatimiz rahbarining joriy yil 7 aprel kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ta’kidlangan edi.

Keyinchalik viloyatda “Exeed” brendi ostida avtomobil ishlab chiqarilishi kutilayotganligi, xususan Xitoyning “Chery” avtokonserniga tegishli “Exeed” avtomobilining 3 ta modeli — TXL, LX va VX krossoverlarini yig‘ilishi haqida xabarlar berildi. 
Kecha 23 aprel kuni Yangiyer shahriga Xitoy davlatining yirik JAC Motors avtomobil kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Maksim Syuy boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Suhbat chog‘ida shahar hokimi Otabek Nosirov hamda mehmonlar shaharda avtomobil sanoatini rivojlantirish istiqbollari, shaharning investitsion va innovatsion salohiyatini muhokama qildi. 

Sh. Suyarov, O‘zA