French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda arxiv maʼlumotlari raqamlashtirilmoqda
20:02 / 2020-08-30

Shu oʻrinda, “Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan FHDYO organlari arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarni raqamlashtirish ishlari qanday bormoqda?” degan oʻrinli savol tugʻiladi.


Inson tugʻilganidan butun umri davomida bir necha marotaba fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) boʻlimiga murojaat qiladi. Farzand tugʻilganida, nikoh shartnomasi tuzayotganida (yoki nikohni bekor qilayotganida) va umri poyoniga yetib vafot etganida ham zarur hujjatlarni olishda shu soha xizmatlaridan foydalanadi, yaʼni inson hayotidagi muhim holatlar aynan FHDYO boʻlimlarida qayd etiladi.

Bugungi kunga kelib mamlakatimizda davlat idoralari qator maʼlumotnomalarni inson omilining bevosita ishtirokisiz, ularni olish imkoniyati yaratilmoqda, yaʼni barcha sohalarda raqamlashtirish jarayonlari izchillik bilan amalga oshirilib, bu kabi ishlar davlat xizmatlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotir.

Shu oʻrinda, “Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan FHDYO organlari arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarni raqamlashtirish ishlari qanday bormoqda?” degan oʻrinli savol tugʻiladi.

– Prezidentimizning joriy yil 4-avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yilning 1-yanvariga qadar “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari arxivlarida qogʻoz tashuvchilarda saqlanayotgan hujjatlarning elektron bazalarini shakllantirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda, – deydi Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Bekzod Artikov. 

– FHDYO arxivida jami 1 million 546 ming 187 ta arxiv hujjatlari mavjud boʻlib ulardan 1 million 270 ming 545 tasi elektron bazaga kiritildi. Joriy yil yakuniga qadar qolgan 275 ming 642 ta arxiv maʼlumotnomalarini ham raqamli koʻrinishga oʻtkazishga erishsak, viloyatimiz aholisi uchun juda qulay boʻlgan imkoniyatlar yaratiladi.

Agar shu paytgacha istalgan arxiv maʼlumotlarini olish uchun bir kundan uch kunga qadar kutishga toʻgʻri kelgan boʻlsa, barcha arxiv maʼlumotlari toʻliq raqamli koʻrinishga oʻtkazilganidan keyin aynan shunday maʼlomotnoma olish uchun bir necha daqiqalar kifoya qiladi, xolos.

2020-yilning yakuniga qadar “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish yagona elektron arxivi” axborot tizimi blokcheyn texnologiyasiga oʻtkaziladi. Bu esa fuqarolar ogʻirini yengil qilish barobarida ishining tezroq hal boʻlishini toʻlaligicha taʼminlaydi.

Dilfuza JARBEKOVA,
DXA Sirdaryo viloyati boshqarmasi Jamoatchilik va
OAV bilan aloqalar shoʻbasi yetakchi maslahatchisi.