Sirdaryoda anor danagidan yog‘ ishlab chiqarilmoqda
Sirdaryo tumani innovatsion hududida faoliyat yuritayotgan "Anor yog'i Sirdaryo" MCHJ rahbari Yashin Mamatqulov tomonidan taklif qilingan "Anor danagidan yog‘ ishlab chiqarish" startap loyihasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 305,2 mln. so‘m grant mablag‘lari bilan moliyalashtirildi.
Hozirgi kunda startap korxonada anor moyi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yillik yog‘ ishlab chiqarish quvvati 2 500 litrga teng.
Ma’lumot o‘rnida, anor danagi moyi tarkibida 80-85 foizgacha essensial - granat (punik) yog‘ kislotasi mavjud bo‘lib, u xujayraning metobolitik jarayolarini me’yorlashtirib turish xususiyatiga ega. Anor danagi moyi foydali xusiyatlari bilan nafaqat kosmetologiyada balki tabobatda ham keng qo‘llaniladi.
Sh. Suyarov, O‘zA